BIZ HAQIMIZDA
“Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikdagi, “O‘zqurilishmaterialLITI” MChJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi qoshidagi qo‘shma ta’lim loyihasidir.
Tadbirkorlar maktabi - qurilish materiallariни ishlab chiqarish sohasida muvaffaqiyatli boshlash yoki biznes yuritish uchun nazariyani va amaliyotni o'z ichiga olgan to'liq amaliy kursdir.
Markazda mashg’ulotlar modullarga bo‘lingan holda, zamonaviy o‘quv dasturlari va yangi ta’lim uslubiyotlari asosida olib borilаdi. 2 haftalik mashg‘ulotlar davomida o‘quv markazining mutaxassislari va taklif etilgan o‘qituvchilar talabalarga mini-zavodni ochish bo‘yicha biznes-rejani tuzishda yordam beradi, loyihagа tegishli bo’lgan moliyaviy, soliq, marketing va huquqiy masalalarning barcha nozik jihatlarini aytib beradi. Markaz qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda yashil iqtisodiyotni joriy etib rivojlantirishga ko‘maklashadi. Kurs yakunlanganda talabalarga sertifikatlar beriladi. Tayyor biznes loyihalari uchun “O‘zsanoatqurilishbank” ATBdan kreditlar ajratiladi. O'quv kurslari va loyihalarni qo'llab-quvvatlash bepul bo’ladi.
Tadbirkorlar maktabi
Maktabdagi o'qituvchilar – qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoatida katta tajribaga ega bo’lgan yuqori malakali mutaxassislardir.
Oʻquv kursi dasturi kichik ishlab chiqarishni ochish biznes rejasini tuzishni oʻz ichiga oladi.
Maktab tinglovchilari bepul oʻqitiladi
Izohlar
O'qish jarayoni






Bizning hamkorlarimiz
Biz bilan bog'lanish
-
Manzil
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Tafakkur 68-a. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosi 2-qavat.
-
Telefon
-
E-mail
info@uzqmliti.uz
q.m.liti2017@mail.ru -
Ish vaqti
Ish vaqti 9:00-17:00