
“
O‘quv markazi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi natijasida, qurilish materiallari ishlab chiqarishda tashabbuskor tadbirkorlarning sohadagi malaka darajasi muntazam oshirib boriladi. Ilg‘or arxitektura va dizaynerlik tamoyillariga asoslangan ‘kelajak materiallari’ nomenklaturasi kengaytirilib, ishlab chiqarishda xalqaro standartlar keng joriy etiladi”, — deydi “O‘zqurilishmaterialLITI” MChJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi direktori o‘rinbosari Adham Quvondiqov.
Shuningdek, markaz bo‘lajak tadbirkorlarning moliya, soliq, marketing va huquqiy savodxonligini oshirishga, ilg‘or va zamonaviy texnologiyalar, ishlanmalar, bilimlar va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yangi tadbirkorlarni kashf etishga xizmat qiladi. Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida “yashil iqtisodiyot”ni joriy etishga ko‘maklashadi.
Markazda o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikat taqdim etiladi.
Qayd etib o‘tamiz, ayni paytda 2-mavsum uchun talabgor tinglovchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda. O‘quv kurslari mutlaqo bepul.