Oʻquv markazi faoliyati yangi bosqichga koʻtarilmoqda

Viloyatlardagi qurilish materiallari ishlab chiqarish niyatidagi manfaatdor aholi vakillarining talab va takliflari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda aholining ishsiz qatlamini chuqur oʻrganib, yangi ish oʻrinlari yaratish, qurilish materiallari ishlab chiqarishga qiziqishi bor yoshlarning dastlabki roʻyxati (100 nafardan ortiq) shakllantirilib, oʻquv markaziga qamrab olindi, ular uchun masofaviy taʼlim berish tizimi yoʻlga qoʻyildi. Hozirda oʻquv markazi tinglovchilari zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat koʻrsatuvchi korxonalarda ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishtirilib, akkreditlangan laboratoriyalarda qurilish materiallarini sifat koʻrsatkichlariga sinab koʻrish ishlarida qatnashishmoqda. Ushbu jarayonda “Oxangaronsement” AJ, “Fargʻona yasin qurilish mollari” MCHJ, “Namangansement” MChJ, “Texnopark” MCHJ, “Sanfa products” MChJ, “Orient-ceramic” MChJ va boshqa bir qator qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining “STROM” hamda “UTEST FACTORY” MChJ larning akkreditlangan laboratoriyalari bilan hamkorlik oʻrnatildi.