Oʻquv jarayoniga yangi oʻquv dasturlar joriy etilmoqda

2022-yil 5-sentyabr xolatiga koʻra jami 262 nafarga yaqin tinglovchilar 72 soatga moʻljallangan oʻquv rejalar asosida respublika va xorijdagi nufuzli oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan oʻzaro hamkorlikda tashkil etilgan qisqa muddatli kurslarda oʻz bilim, malaka va koʻnikmalarini oshirdilar. Oʻquv markazi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida yangi oʻquv dasturlari ishlab chiqilmoqda. Jumladan, respublikada faoliyat olib boradigan sement ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislari uchun Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan hamkorlikda “Sement ishlab chiqarish texnologiyasi” moduli, uning oʻquv dasturi va rejasi ishlab chiqildi. Ushbu oʻquv dasturi va rejalar oʻquv jarayoniga tadbiq etilmoqda.