В школе предпринимателей “Тадбиркорлар мактаби” стартовал первый сезон учебных курсов

Slider1 2022-yil 17-yanvardan boshlab qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida oʻz biznesini boshlash niyatidagi tadbirkorlar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “OʻzqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi huzurida tashkil etilgan “Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazida oʻz malakalari va koʻnikmalarini oshirishlari mumkin. 10 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatilgan boʻlib, jami 72 soatga moʻljallangan kurslar, modullarga ajratilgan holda chuqur malaka va koʻnikmaga ega, fan nomzodlari, fan doktorlari, professorlar tomonidan olib boriladi. Oʻquv kurslari “Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazi auditoriyalarida yoki bevosita sizning tashkilotingiz bazasida oʻtkazilishi mumkin. Oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga oʻrnatilgan tartibda sertifikat