
“Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazi faoliyati davomida Eron texnologiyalar ishlab chiqarish markazi “JDEVS”, Turkiya Respublikasining BİSATEK BİLİŞİM DANIŞMANLIK EĞİTİM REKLAM ve ORGANİZASYON A.Ş (Maltepe University) kabi yetakchi xorijiy korxonalar bilan hamkorlik oʻrnatildi.
Shuningdek, oʻquv markazi hamda “Knauf Gips Buxoro” XK MCHJ (Germaniyaning “Knauf” kompaniyasi) oʻrtasida hamkorlik memorandumi oʻrnatildi.
Memorandumga koʻra tomonlar malakali kadrlarga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlardan kelib chiqib, belgilangan reja-grafiklarga asosan oʻquv amaliyotlarini oʻtkazish rejalashtirildi.